Главный » Узбекские Новинки » Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga
Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga

Dunyoni bering bolajonlarga
Sardor Rahimxon

Качество128 Размер4,41 MB Длительность4:47
  • Просмотров: 12 раз(а)
  • Дата премьеры: 23-05-2022, 17:23
  • Категория: Узбекские Новинки
Скачать песню Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Техт песню Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga
Nimani ko'rgandi dunyoga kelib?
Ko'rgani zorligu, daryo kabi qon.
Bolam, degim keldi ko'nglim ezilib, (x2)
Yo'rgagi kafanlik bo'lgan bolajon.

Jangohga aylandi bu kun diyoring,
Qismating ko'z yoshmi, taqdirmi, alam?
Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring, (x2)
Qo'g'irchog'idan ham umri oz bolam.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga.

Qo'lingga qurolmas, ko'p o'yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg'akkina jon.
Seni zor etganlar tortadi ohlar, (x2)
Bir kuni uvoling tutar, bolajon.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga.

Onangni topolmay sarson-u sargardon,
Munchoq ko'zlaringdan tomchilaydi yosh.
Ohingdan titraydi zamin-u zamon,
Senga oy onadir, otadir quyosh