Главный » Узбекские Новинки » Ahadjon Abdullayev - Lolaqizg'aldoq
Ahadjon Abdullayev - Lolaqizg'aldoq

Lolaqizg'aldoq
Ahadjon Abdullayev

Качество192 Размер4,07 MB Длительность2:58
  • Просмотров: 30 раз(а)
  • Дата премьеры: 29-03-2021, 13:17
  • Категория: Узбекские Новинки
Скачать песню Ahadjon Abdullayev - Lolaqizg'aldoq в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Техт песню Ahadjon Abdullayev - Lolaqizg'aldoq
Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan 
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi 
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada 
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga 
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek 
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!