Главный » Узбекские Новинки » Qayg'uli muhabbat - Ahad Qayum she'ri
Qayg'uli muhabbat - Ahad Qayum she'ri

Ahad Qayum she'ri
Qayg'uli muhabbat

Качество128 Размер2,64 MB Длительность2:53
  • Просмотров: 154 раз(а)
  • Дата премьеры: 15-10-2020, 10:08
  • Категория: Узбекские Новинки
Скачать песню Qayg'uli muhabbat - Ahad Qayum she'ri в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Техт песню Qayg'uli muhabbat - Ahad Qayum she'ri
Yolg‘izlikdan yig‘lar, olovli dil cho‘g‘  
Darddengizlar oqdi ko‘zda yoshimdan 
Ayrildim, sevgimdan bir qanotim yo‘q  
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
Osmon hayqiradi, chaqmog‘in chaqib  
Tushimda ko‘zlari qilmoqda ta’qib  
Yig‘layman, shu xasta holimga boqib  
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
Go‘yoki yonimga kelayotganday 
Bag‘rimda jim nafas olayotganday 
Har lahza qo‘ng‘iroq qilayotganday  
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
O‘zimni qo‘yarga joy topolmayman  
Qanchalik urinmay unutolmayman  
Qop-qorong‘u dilni yoritolmayman  
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
Lablarim titraydi, ismingni aytib  
Nahotki kelmaydi endi u qaytib  
Xazonyo‘l bog‘larni yurarman daydib 
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
Kimdir hayron aytar, sevish shartmi der  
Sevgi shunday dardki yuragingni yer  
Qaydasan, kim bilan, kel qo‘lingni ber 
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
Nahotki ayrildim men endi undan  
Qaytib ko‘rmaymanmi qurqaman shundan  
Qalbi sovidimi shunchalar mendan  
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan 
 
Men seni hech kimga bermayman derdi  
Sensiz hatto tush ham ko‘rmayman derdi  
Sendan yo‘llarimni burmayman derdi 
Ayrilib qoldim oh, omadqushimdan  
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan
 
Qay devorga uray yolg‘iz boshimni 
Olib ketdi axir mening borimni 
Ahad yig‘lar chertib siniq torini 
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan